www.ziyouz.com
kutubxonasi
39
afzaliga toqat qila olaman», dedim. U zot: «Unday bo‘lsa, har yetti kunda (xatm qilib)
o‘qigin, bunga ziyoda qilmagin», dedilar. Men qattiqroq bo‘lishini xohlagan edim, bas,
menga kuchaytirildi. Rasululloh (s.a.v.) «Sen bilmaysan, balki umring uzun bo‘lar», deb
menga aytdilar. Men u zot aytgan yoshga yetib ulg‘aygach: «Koshkiydi, Rasululloh
(s.a.v.) ruxsatlarini qabul qilgan bo‘lsam edi», deb aytdim».
Yana bir boshqa rivoyatda: «Bolalaringning sening ustingda haqqi bordir», deyilgan.
Yana bir boshqa rivoyatda: «Rasulullloh (s.a.v.) «Kim umr bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘zasi
yo‘qdir», deb uch marta aytdilar», deyilgan.
Yana bir boshqa rivoyatda: «Alloh taologa ro‘zalarning yaxshisi Dovud
alayhissalomning ro‘zalaridir. Alloh taologa namozlarning yaxshisi Dovud
alayhissalomning namozlaridir. Kechaning yarmida uxlab, uchdan birida turib, ibodat ila
mashg‘ul bo‘lib, oltidan birida yana uxlardilar. Bir kun ro‘za tutib, bir kun og‘izlari ochiq
bo‘lar edi. Agar dushmanga yo‘liqsalar, qochmas edilar», deyilgan.
Yana bir boshqa rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Abdulloh (r.a.) «Otam meni obro‘li
bir kishining qiziga uylantirib qo‘ydilar. Otam kelinidan hol-ahvol va mening muomalam
haqida ham so‘radilar. Kelin: «(O’g‘lingiz) odamlarning eng yaxshisi ekanlar-u, ammo
kelganimdan beri ko‘rpani bosmas va pardani izlamas ekanlar (ya’ni, shar’iy
qovushishdan o‘zlarini tiyar ekanlar)», dedi. Bu holat uzayib ketganida, uning otasi
Rasululloh (s.a.v.)ga zikr qildi. U zot: «Abdullohni menga yo‘liqtiringlar», dedilar. Men u
zotga bu so‘zlardan keyin uchrashdim. U zot: «Qanday ro‘za tutasan?» dedilar. Men:
«Har kuni», dedim. «Qanday xatm qilasan?» dedilar. Men: «Har kechada», dedim ...»
dedilar. Keyin yuqoridagi (ro‘zaning hamda xatmning afzalliklarini) zikr qildilar. Abdulloh
(r.a.) kechqurun yengil bo‘lishi uchun o‘qiydigan yettidan bir Qur’onlarini kunduzi
uydagilarga o‘qib berardilar. Agar quvvatli bo‘lishni xohlasalar, ba’zi kunlarda og‘izlarini
ochib (qazo qilib), uni hisoblab qo‘yardilar, xuddi o‘shani keyin Rasulullohga aytgan
narsalaridan farqlanib qolishini karih ko‘rganlari uchun qazosini tutardilar.
Bularning hammasi sahih bo‘lib, aksariyati ikki «Sahih» kitobida, ozrog‘i ikkisining
birida keltirilgan.
151/10. Abu Rib’iy Hanzala ibn Rabiy’ al-Usayyidiydan (r.a.) rivoyat qilinadi (bu zot
Rasululloh (s.a.v.)ning kotiblaridan biri edilar): «Abu Bakr (r.a.) menga yo‘liqib: «Ey
Hanzala, ahvoling qanday?» dedilar. Men: «Hanzala munofiq bo‘lib qoldi», dedim. Abu
Bakr: «Subhanalloh, nima deyapsan?» deb aytdilar. Men: «Rasululloh (s.a.v.)
huzurlarida bo‘lganimizda bizga jannat va do‘zaxni eslatsalar, go‘yoki ko‘z bilan
ko‘rgandek bo‘lamiz. Agar u zotning huzurlaridan chiqib, xotinlarimiz, bolalarimiz va
ro‘zg‘orlarimizga mashg‘ul bo‘lsak, (muhim gaplarning) ko‘pini unutamiz», dedim. Abu
Bakr (r.a.): «Biz ham shu narsaga mubtalomiz», dedilar. Bas, Abu Bakr va men yo‘lga
ravona bo‘lib, Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kirdik. «Ey Allohning rasuli! Hanzala
munofiq bo‘lib qoldi», dedim. Rasululloh (s.a.v.) «Bu nima deganing?» dedilar. Men: «Ey
Allohning rasuli! Sizning huzuringizda ekanimizda bizga jannat va do‘zaxni eslatsangiz,
go‘yoki ko‘zimiz bilan ko‘rgandek bo‘lamiz. Agar sizning huzuringizdan chiqib,
xotinlarimiz, bolalarimiz va ro‘zg‘orlarimizga mashg‘ul bo‘lsak, (muhim gaplarning)
ko‘pini unutamiz», dedim. Shunda u zot: «Mening jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga
qasamki, agar sizlar mening huzurimdagi narsada va Allohning zikrida bardavom
bo‘lsangizlar, farishtalar sizlar bilan to‘shagingiz va yo‘llaringizda qo‘l berib so‘rashib,
salom-alik qilishadi. Lekin, ey Hanzala, gohi payt unday va gohi payt bunday», deb uch
marta aytdilar (ya’ni, bir payt ibodat qilish va boshqa bir payt foniy dunyoda inson
muhtoj bo‘ladigan ro‘zg‘or ishlariga mashg‘ul bo‘lishidir)». Imom Muslim rivoyatlari.
152/11. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) xutba qilib turuvdilar,
bir tik turgan kishiga (ko‘zlari tushib) u haqda so‘radilar. Ular: «Bu Abu Isroil degan kishi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |