www.ziyouz.com
kutubxonasi
245
subhanallohi zinata ‘arshihi, subhanallohi midada kalimatihi, subhanallohi midada
kalimatihi, subhanallohi midada kalimatihi» bo‘lib kelgan.
1433/27. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr
qilib yuradigan kishi bilan zikr qilmaydigan kishining misoli xuddi tirik bilan o‘likning
misoli kabidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyati.
Imom Muslimning rivoyatlarida «Allohni zikr qilinadigan uy bilan zikr qilinmaydigan
uyning misoli xuddi o‘lik bilan tirikning misoli kabidir» bo‘lib kelgan.
1434/28. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: «Alloh
taolo: «Men bandamni gumonidekdirman. Ya’ni, Menga qanday gumon qilsa, o‘shandoq
topadi. Agar Meni zikr qilsa, u bilan birgadirman. Agar yolg‘iz o‘zi zikr qilsa, Men ham
O’zim zikr qilaman. Agar Meni jamoat orasida zikr qilsa, Men uning jamoatidan
yaxshiroq bo‘lgan guruh orasida, ya’ni farishtalar orasida eslayman», dedi». Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1435/29. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Mufarridlar
oldinga o‘zib ketishdi», dedilar. Shunda sahobalar: «Mufarridlar deganingiz kimlar, ey
Allohning rasuli?» deb so‘rashdi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohni zikr qiluvchi erkaklar va
ayollar», dedilar. Imom Muslim rivoyati.
1436/30. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Zikrlarning afzali «La
ilaha illalloh»dir», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1437/31. Abdulloh ibn Busrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Rasululloh, Islom
shariati menga og‘irlik qilyapti. Menga bir narsa o‘rgatingki, ana shuni mahkam ushlay»,
dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Doimo tiling Allohning zikri bilan nam bo‘lib yursin»,
dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
1438/32. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim «Subhanallohi va
bihamdihi», desa, u kishi uchun jannatda bir xurmo ekiladi», dedilar. Imom Termiziy
rivoyati.
1439/33. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bunday deganlar:
«Isro kechasi Ibrohim alayhissalomga yo‘liqdim. U zot: «Ey Muhammad, ummatingizga
mendan salom ayting va jannatning tuprog‘i pok, suvi shirin va o‘zi tekis, o‘simligi
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» ekanini ularga xabar
bering», dedilar». Imom Termiziy rivoyati.
1440/34. Abu Dardodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Nabiy (s.a.v.) «Rabbingiz huzurida
amallarning yaxshisi, darajangizni baland qiluvchisi, pul va oltinlarni infoq qilishdan
afzalroq bo‘lganini va dushmaningizga yo‘liqib, uning bo‘yniga qilich urishdan ham
yaxshi narsani aytaymi?» deganlarida, sahobalar: «Ayting», deyishdi. Shunda Rasululloh
(s.a.v.) «Allohni zikr qilish», dedilar. Imom Termiziy rivoyati.
Imom Hokim bu hadis isnodi sahihdir, dedilar.
1441/35. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh
alayhissalom bilan bir ayolning huzuriga kirdilar. Uning oldida danak (yoki mayda
toshlar) bor edi. Ayol ana shularni sanab tasbeh aytardi. Rasululloh (s.a.v.) unga:
«Bundan yengilroq va afzalroq narsani aytaymi? «Subhanallohi ‘adada ma xolaqo fis-
samai va subhanallohi ‘adada ma xolaqo fil-arzi va subhanallohi ‘adada ma bayna zalika
va subhanallohi ‘adada ma huva xoliq», deb ayt», dedilar. (Ma’nosi: «Osmonda yaratgan
narsalari adadicha Allohni poklayman, yerda yaratgan narsalari adadicha Allohni
poklayman, u ikkalasi orasidagi narsalar adadicha Allohni poklayman va U yaratadigan
narsalari adadicha Allohni poklayman».) «Allohu akbar», «alhamdulillah», «la ilaha
illalloh», «la havla va la quvvata illa billah» kalimalarini ham xuddi «subhanalloh»ni
aytgandek aytadi. (Ya’ni, «Allohu akbar ‘adada ma xolaqo fis-samai va Allohu akbar
‘adada ma xolaqo fil-arzi...» deb.) Imom Termiziy rivoyati.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |