www.ziyouz.com
kutubxonasi
242
kasiyro va subhanallohi robbil ‘alamiyn, la havla va la quvvata illa billahil ‘aziyzil
hakiym»ni o‘rgatdilar. (Ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q, U yakkayu yolg‘izdir. Uning
sherigi ham yo‘q. Alloh juda buyuk, Allohga cheksiz hamd bo‘lsin, olamlar Rabbi Alloh
barcha aybu nuqsonlardan pokdir, hakim va aziz bo‘lgan Allohdan o‘zgada o‘zgartirish
ham, quvvat ham yo‘q».) Keyin haligi a’robiy: «Ey Rasululloh, bu aytganlaringiz Rabbim
uchun, men uchun-chi?» deb so‘radi. Rasululloh: «(Unda) «Allohummag‘fir liy varhamniy
vahdiniy varzuqniy», deb ayt», dedilar (ma’nosi: «Allohim, meni mag‘firat qil, menga
rahm ayla, meni hidoyat et, meni rizqlantir». Imom Muslim rivoyati.
1414/8. Savbondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozni tugatsalar, uch
marta «Astag‘firulloh», deb, so‘ngra «Allohumma antas salom va minkas salom,
taborakta ya zal Jalali val ikrom», deb aytadilar (ma’nosi: «Ey Allohim, Sen salomsan va
salom Sendandir. Ey ulug‘ va hurmatli Zot, Sen barakotlisan»). Mana shu hadis
roviylaridan biri Avzo’iyga «Istig‘for qanday bo‘ladi?» deyilganda, u zot: «(Unda)
«Astag‘firulloh, astag‘firulloh», deyiladi», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
1415/9. Mug‘iyra ibn Sho‘‘badan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) namozdan
forig‘ bo‘lsalar, «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu
va huva ‘ala kulli shay`in qodir. Allohumma la mani’a lima a’toyta va la mu’tiya lima
mana’ta va la yanfa’u zal jaddi minkal jadd»ni o‘qir edilar (ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh
yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd ham Ungadir. U har narsaga
qodirdir. Ey Rabbim, Sen bergan narsani man qiluvchi yo‘q. Va Sen man qilgan narsani
beruvchi yo‘q. Buyuklik Sendandir, boshqaning buyukligi foyda bermaydi»). Imom
Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1416/10. Abdulloh ibn Zubayrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) har namoz
ketidan salom bergandan keyin «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku
va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr. La havla va la quvvata illa billah, la
ilaha illallohu va la na’budu illa iyyah, lahun ni’matu val fazlu va lahus sanaul hasan, la
ilaha illallohu muxlisiyna lahud diyna va lav karihal kafirun», deb aytar edilar (ma’nosi:
«Yakka Allohdan boshqa iloh yo‘q. Uning sherigi ham yo‘q. Mutlaq mulk Uniki va hamd
ham Ungadir. U har bir ishga qodirdir. Allohdan boshqada o‘zgartirish va quvvat yo‘q.
Allohdan boshqa iloh yo‘q. Ungagina ibodat qilamiz. Ne’mat, fazl, chiroyli sano U
uchundir.
Allohdan boshqa iloh yo‘q. U uchun din xolis qilinadi, garchi kofirlar karih ko‘rsalar
ham»).
Ibn Zubayr: «Rasulullohning (s.a.v.) o‘zlari ham har namoz ketidan tahlil aytar
edilar», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyati.
1417/11. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Kambag‘al muhojirlar Rasululloh
(s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, badavlat birodarlarimiz oliy darajalar va
doimiy ne’matlarga erishishmoqda, ular biz o‘qigandek namoz o‘qishadi va biz tutgandek
ro‘za tutishadi. (Kamiga) sadaqa berib haj va umra ibodatlarini bajarib, jihodlarda ham
ishtirok etishadi», deyishganda, Rasululloh (s.a.v.) «Men sizlarga bir narsani o‘rgataymi?
Agar shu aytgan narsamni bajarsanglar, sizlardan o‘zib ketganlarga yetib olasizlar va
keyingilardan o‘zib ketasizlar. Hech kim sizlardan afzal bo‘la olmaydi. Faqat sizlar
bajargandek amal qilishsa, afzal bo‘lishadi», deganlarida, ular: «Ha, o‘rgating»,
deyishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) «Har namoz ketidan o‘ttiz uch marta
«Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah» va o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», deb
aytinglar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslim rivoyatlarida esa quyidagilar bilan ziyoda qilingan: «Ozgina fursatdan
keyin yana kambag‘al muhojirlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: «Ey Allohning
rasuli, badavlat kishilar ham (bizga aytgan narsalarni) eshitib, biz amal qilganimiz kabi
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |