www.ziyouz.com
kutubxonasi
195
«Qiyomat kuni ahli Qur’on jannatga doxil bo‘lgan fursatda unga: sen dunyoda Qur’onni
qandoq tartil (qiroat) ila o‘qigan bo‘lsang, bu yerda ham o‘shandoq dona-dona qilib,
qiroat bilan o‘qib, yuqoriga ko‘tarilgin. Qaysi zina ustida yod bilgan oyatlaring tamom
bo‘lsa, «Senga atalgan maqom o‘shadir», deyiladi», deb aytdilar. Abu Dovud va Termiziy
rivoyatlari.
181-BOB
Qur’onni yod olgandan keyin uni takrorlab, esda saqlashga
buyurish hamda uni unutishdan ehtiyot
bo‘lish to‘g‘risida
1001/1. Abu Musodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni yod
olgandan keyin tez-tez o‘qib, takrorlab turinglar. Muhammadning joni uning qo‘lida
bo‘lgan zot (Alloh)ga qasamki, Qur’on (agar o‘qib turilmasa), egasining xotirasidan
arqoni yechilgan tuyadan ham tezroq qochadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
1002/2. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on sohibi (ya’ni,
uni yod olgan kishi) bog‘lab qo‘yilgan tuyaga o‘xshaydi. Agar uni mahkam tutsang,
o‘rnida turadi. Agar bo‘sh qo‘ysang, ketib qoladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
182-BOB
Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qiluvchining va ovozi chiroyli kishidan Qur’on
tilovat qilib berishni talab etishning hamda u
o‘qiyotganda quloq solib turishning mahbubligi haqida
1003/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Alloh taolo hech
bir ovozni, nabiy Qur’onni jarangdor ovozda ohang bilan o‘qiganlarini eshitganchalik
eshitmagan», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1004/2. Abu Muso al-Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) bu kishiga
«Dovud alayhissalomga berilgan yaxshi ovozdan senga ham bir oz berilgandir», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Imom Muslimning rivoyatlarida: «Rasululloh (s.a.v.) bu zotga: «Men kecha sening
qiroatingni eshitganimni ko‘rganingda edi», deb aytdilar».
1005/3. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) xufton namozida
«vat-tiyni vaz-zaytuni» surasini o‘qidilar. Men u zotnikidan ko‘ra chiroyli ovozni
eshitmaganman», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
1006/4. Abu Luboba Bashir ibn Abdulmunzirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh
(s.a.v.) «Kimki Qur’on o‘qiganda ovozini chiroyli qilmasa, bizdan (ya’ni bizning
yo‘limizdan yuruvchi) emas», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari.
1007/4. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh (s.a.v.) «Menga Qur’on
o‘qib ber», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, sizga Qur’on o‘qib beramanmi? Vaholanki,
Qur’on o‘zingizga nozil qilingan bo‘lsa», desam, u zot: «Men Qur’onni o‘zimdan boshqa
kishidan eshitmoqni yaxshi ko‘raman», dedilar. Shunda men «Niso» surasini o‘qib «(Ey
Muhammad), Biz har bir ummatdan (o‘sha ummatning payg‘ambarini) guvoh
keltirganimizda va sizni ana ularga qarshi guvoh qilganimizda, ularning holi ne kechur?»
oyatiga yetsam, u zot: «Hozircha kifoya qiladi», dedilar. Keyin u zotga nazar solsam,
ikki ko‘zlaridan yosh oqmoqda ekan». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |