Safardan qaytgan kishi avval o‘z mahallasidagi masjidda ikki
rakaat namoz o‘qishining mahbubligi to‘g‘risida
987/1. Ka’b ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) agar safardan
qaytsalar, avval masjidda ikki rakat namoz o‘qirdilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
179-BOB
Ayol kishining yolg‘iz safarga chiqishi haromligi haqida
988/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Allohga va oxirat
kuniga imon keltirgan ayolga bir kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish
halol emas», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
989/2. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kishi mahrami
bo‘lmagan ayol bilan xoli qolmasin. Mahrami bo‘lmagan ayol safarga chiqmasin»,
deganlarida, bir kishi: «Ey Allohning Rasuli, mening xotinim hajga ketdi. Men esa falon
va falon g‘azotda ishtirok etish uchun nomimni yozdirib qo‘ydim», dedi. Shunda
Rasululloh (s.a.v.) «Borgin, xotining bilan birga haj qil (chunki mahram bo‘lib
bormasang, uning safari shar’iy bo‘lmaydi)», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
194
FAZILATLAR KITOBI
180-BOB
Qur’on o‘qishning fazilati
990/1. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on o‘qinglar.
Chunki u (Qur’on) Qiyomat kunida o‘qiguvchilariga shafe’ bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
991/2. Navvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qiyomat kuni
Qur’on va unga dunyoda amal qiluvchilar olib kelinsa, Baqara va Oli Imron suralari
ilgarilab, o‘quvchilariga hujjatlashishadi, ya’ni shafe’ bo‘lishadi», dedilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
992/3. Usmon ibn Affondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Sizlarning
yaxshilaringiz Qur’ondan ta’lim olib, boshqalarga ham o‘rgatgan kishidir», dedilar. Imom
Buxoriy rivoyatlari.
993/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’onni mohirlik ila, ya’ni
lafzlarini o‘z o‘rnidan chiqarib tilovat qiluvchi kishi ulug‘, itoatkor mirzalar, ya’ni
farishtalar bilan birga bo‘ladi. Endi kim Qur’onni tutilib-tutilib mashaqqat ila o‘qisa, ikki
ajr bo‘ladi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
994/5. Abu Muso al- Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’on
o‘quvchi mo‘min shirin limonga o‘xshaydi. Hidi ham, ta’mi ham yaxshi. Qur’on
o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi. Hidi yo‘g‘u ta’mi shirin. Qur’on o‘qiydigan
munofiq rayhonga o‘xshaydi. Hidi
yaxshi, lekin ta’mi achchiq. Qur’on o‘qimaydigan munofiq zaqqum (g‘oyat achchiq meva)
ga o‘xshaydi. Hidi ham yo‘q, ta’mi ham achchiq», deb aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari.
995/6. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Albatta, Alloh
bu kitob, ya’ni Qur’on bilan ba’zi qavmlarni yuksak darajaga va ba’zi qavmlarni past
darajaga tushiradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Ya’ni salaflarimizga o‘xshab,
Qur’on o‘qib, unga amal qilinsa, yuksak maqomlarga ko‘tariladi. Lekin aksi bo‘lsa,
bizlarning ahvolimizga o‘xshab qoladi).
996/7. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Faqat ikki toifa
kishilarga hasad qilish joiz. 1. Alloh bir kishiga Qur’on hifzi va ilmi ne’matini bergan
bo‘lsa, u kishi kechasiyu kunduzi uni o‘qisa va amal qilsa; 2. Va bir kishiga Alloh mol-
dunyo bergan bo‘lsa, o‘sha kishi mol-dunyosidan kechasiyu kunduzi infoq qilsa», deb
aytdilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
997/8. Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Kahf surasini o‘qir edi.
Huzurida arqonga bog‘langan oti turar edi. Bir bulut paydo bo‘lib, u otiga yaqinlashgan
edi, oti hurkib ketdi. Tong otganda bu kishi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib, bo‘lib
o‘tgan voqea haqida xabar berganida, Rasululloh (s.a.v.) «Bu xotirjamlik bo‘lib, qachon
Qur’oni karim (ahamiyat ila) o‘qilsa, ana shu xotirjamlik tushadi», dedilar. Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari.
998/9. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kim Allohning
kitobidan bir harf o‘qisa, (nomai a’moliga) bitta yaxshilik yoziladi. Har bir yaxshiligingiz
o‘n barobar mislicha qilib beriladi. Men «Alif, lom mim»ni bir harf demayman. Balki
«alif» bir harf, «lom» bir harf va «mim» bir harfdir», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
999/10. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Qur’ondan hech bir
narsa yodlamagan kishi xaroba uyga o‘xshaydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
1000/11. Abdulloh ibn Amr ibn Ossdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |