www.ziyouz.com
kutubxonasi
184
danasi va abdilhu daron xoyron min darihi va ahlan xoyron min ahlihi va zavjan xoyron
min zavjihi va adxilhul jannata va a’izhu min ‘azabil qobri va min ‘azabin nar», deb
aytganlar. Shunda men o‘sha mayyitning o‘rnida bo‘lishni orzu qilib qoldim», deb
aytdilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, uni mag‘firat qil, unga rahm et. Uni ofiyatda qil va avf et.
Tushadigan yerini mukarram, kiradigan yerini keng qil. Uni suv, qor, do‘l bilan yuv. Oq
kiyim kirdan toza bo‘lgani kabi, uni xatolardan pokla. Unga hovlisidan yaxshiroq hovli,
ahlidan yaxshiroq ahl, juftidan yaxshiroq juft ber. Uni jannatga kirgiz, qabr va do‘zax
azobidan saqla.) Imom Muslim rivoyatlari
935/2. Abu Hurayra, Abu Qatoda va Abu Ashhaliy otalaridan (r.a.) qilgan
rivoyatlarida, Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida: «Allohummag‘fir lihayyina va
mayyitina va shahidina va g‘oibina va sog‘iyrina va kabiriyna va zakarina va unsana,
Allohumma man ahyaytahu minna faahyihi ‘alal islam va man tavaffaytahu minna
fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la taftinna ba’dahu», deb
aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o‘tdi.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
936/3. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar mayyitga
janoza namozi o‘qisangizlar, uning uchun duoni xolis qilinglar», deb aytdilar. Abu Dovud
rivoyatlari.
937/4. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) janoza namozida:
«Allohumma anta robbaha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta
qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha va qod ji’naka shufa’aa lahu
fag‘firlahu», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning Rabbisan, Sen uni xalq qilding,
Islomga hidoyat etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan.
Biz unga shafe’ bo‘lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari.
938/5. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh (s.a.v.) bir musulmon kishining
janozasini biz bilan birga o‘qidilar. Unda quyidagi duoni o‘qidilar: «Allohumma inna Fulan
ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va ‘azaban nari va anta
ahlul vafa val hamd. Allohumma fag‘fir lahu varhamhu innaka antal g‘ofurur rohiym».
(Ma’nosi: Allohim, Falonchining o‘g‘li Falonchi Sening zimmangda va himoyangdadir. Uni
qabr fitnasi va do‘zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey Rabbim, uni
mag‘firat qil, rahm ayla. Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli Zotsan.) Abu Dovud
rivoyatlari.
939/6. Abdulloh ibn Avfodan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot qizlariga to‘rt takbir ila
janoza namozi o‘qib, to‘rtinchi takbirdan keyin ikki takbir orasidagi miqdoricha turib,
qizlariga istig‘for aytib, duo qildilar va: «Rasulullohning (s.a.v.) mana shundoq
qilganlarini ko‘rdim», dedilar.
Boshqa rivoyatda: «To‘rtinchi takbirni aytib, uzoq turib qolganlaridan biz beshinchi
takbirni ham aytsalar kerak, deb o‘yladik. Lekin o‘ng va chap tomonlariga salom berib,
namozni tugatdilar. Qachonki namoz tamom bo‘lgandan keyin biz u zotga: «Bu qanday
qilganingiz?» desak, u zot: «Men Rasulullohdan (s.a.v.) nimani ko‘rgan bo‘lsam, unga
ziyoda qilmayman» yoki «Rasululloh (s.a.v.) mana shundoq qildilar», deb aytdilar».
Imom Hokim rivoyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |