Microsoft Word rizyozus solihiyn ziyouz com doc



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/403
Sana26.02.2022
Hajmi1,71 Mb.
#469414
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   403
Bog'liq
Imom Navaviy. Riyozus solihiyn

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
131
deganingiz kim?» deyishganida, Rasululloh (s.a.v.) «Mutakabbirlar», deb aytdilar. Imom 
Termiziy rivoyatlari. 
 
74-BOB 
Halimlik, bosiqlik va muloyimlik haqida
Alloh taolo: 
«(U taqvodor zotlar)... 
g‘azablarini ichga yutadigan, odamlarning 
(xato-
kamchiliklarini) 
avf etadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni 
sevadi» 
(Oli Imron surasi, 134-oyat). 
«(Ey Muhammad), 
marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz 
o‘giring» 
(A’rof surasi, 199-oyat). 
«Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas. Siz 
(har qanday yomonlikni) 
eng 
go‘zal so‘zlar bilan daf qiling! 
(Shunda) 
banogoh siz bilan o‘rtalaringizda adovat 
bo‘lgan kimsa qaynoq-sodiq do‘st kabi bo‘lib qolur. Unga 
(yomonlikni yaxshilik 
bilan daf qilish xislatiga) 
faqat sabr-toqatli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug‘ 
nasiba egasigina erishur» 
(Fussilat surasi, 34-35-oyatlar). 
«Albatta, kim 
(o‘ziga yetgan ozor-aziyatlarga) 
sabr qilsa va 
(intiqom olmay Alloh 
uchun) 
kechirib yuborsa, shak-shubhasiz bu (ish) ishlarning maqsadga 
muvofig‘idir» 
(Sho‘ro surasi, 43-oyat), deb aytgan. 
631/1. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) Ashaj Abdulqaysga: 
«Senda ikki xislat bordir. Alloh o‘sha xislatingni yaxshi ko‘radi. 1. Halimlik. 2. Bosiqlik», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
632/2. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo 
muloyimdir. Va har bir ishda muloyimlikni yaxshi ko‘radi», dedilar. Imom Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
633/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh taolo 
muloyimdir. Va muloyimlikni yaxshi ko‘radi. Hamda qo‘pollik va bundan boshqa 
xislatlarga bermaydigan savobni unga beradi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
634/4. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, muloyimlik biror 
narsaga aralashsa, o‘sha narsani ziynatlaydi. Ammo uni ajratib olinsa, u aybli bo‘ladi», 
dedilar. Imom Muslim rivoyatlari. 
635/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy masjidga siyib yubordi. 
Odamlar uning ta’zirini berish uchun o‘rinlaridan turishganida, Rasululloh (s.a.v.): «Uni 
tek qo‘yinglar. Siygan joyiga bir paqir suv quyib yuboringlar. Albatta, sizlar oson etish 
uchun yuborilgansizlar. Qiyin qilish uchun yuborilmagansizlar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy rivoyatlari. 
636/6. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Oson qilinglar, qiyin qilib 
qo‘ymanglar. Xursandlik xabarini beringlar, qochirib yubormanglar», deb aytdilar. Imom 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 
637/7. Jarir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki 
muloyimlikdan mahrum bo‘lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo‘libdi», dedilar. 
Imom Muslim rivoyatlari. 
638/8. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasulullohga (s.a.v.) «Ey 
Allohning Rasuli! Menga vasiyat qiling», deganida, u zot: «G’azab qilma», dedilar. Bu 
kishi bir necha marta so‘raganida ham Rasululloh (s.a.v.) «G’azab qilmagin», dedilar. 
Imom Buxoriy rivoyatlari. 
639/9. Abu Ya’lo Shaddod ibn Avsdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) 
«Albatta, Alloh taolo har bir ish ustida yaxshi ish qilishni lozim etgan. Agar biror 


Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy 

Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish