«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar. Uning o‘zi taqvodor
bo‘lgan kishilarni juda yaxshi bilguvchidir»
(Van-najm surasi, 32-oyat).
«A’rof egalari
(ya’ni qilgan yaxshi va yomon amallari teng kelib, jannatiy ham,
do‘zaxiy ham bo‘lmay, o‘rtada a’rof — devorlar ustida turgan kishilar)
siymolaridan
tanib olgan kishilariga
(ya’ni do‘zaxiylarga)
nido qilib dedilar: To‘plagan molu
dunyoingiz va qilgan kibru havoingiz sizlarga asqotmabdi-ku. Sizlar «Alloh
ularga biron rahmat-marhamat yetkazmaydi», deb qasam ichgan kishilar ana u
(hayoti dunyodan kambag‘al-bechoralik bilan o‘tgan mo‘‘min-musulmon)
larmi?
(Axir
ularga) :
«Jannatga kiringlar, sizlar uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va sizlar
hech g‘amgin bo‘lmaysizlar
(deyildi-ku)» (A’rof surasi, 48-49-oyatlar), deb aytgan.
601/1. Iyoz ibn Himordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Albatta, Alloh
taolo menga tavozu’li bo‘lishni vahiy qildi. (Bundan ummatim ta’lim olib) hech biri
boshqa kishiga faxrlanmasin va dushmanlik qilmasin», deb aytdilar. Imom Muslim
rivoyatlari.
602/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Sadaqa berish
bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi. Alloh kechirimli bandaning izzatini ziyoda qiladi.
Kishi Alloh uchun tavozu’da bo‘lsa, Alloh u bandaning darajasini ko‘taradi», dedilar.
Imom Muslim rivoyatlari.
603/3. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot yosh bolalar oldidan o‘tib, ularga salom
berdilar-da: «Rasulullohning (s.a.v.) odati shariflari - mana shu tarzda salom
berardilar», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
604/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Agar Madinadagi cho‘rilardan birortasi
xohlasa, Rasulullohning (s.a.v.) qo‘llaridan ushlab, xohlagan joyiga olib keta olar edi»,
dedilar (Ya’ni har qanday ojiz, zaif ham huzurlariga kirib, arz-dodini aytib, xohlagan
yeriga betakalluf olib borar edi). Imom Buxoriy rivoyatlari.
Foyda:
Rasulullohning (s.a.v.) tavozu’liklari va kishilar hojatini chiqarishga harisliklari
ayon bo‘ladi.
605/5. Asvad ibn Yaziddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oishadan (r.a.): «Rasululloh (s.a.v.)
uyda nima bilan mashg‘ul bo‘lardilar?» deb so‘ralganida, bu onamiz: «Ahliyalari
xizmatida bo‘lardilar. Bordiyu namoz vaqti kirib qolsa, namozga chiqib ketardilar»,
dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
606/6. Abu Rifo’a Tamim ibn Usayddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
huzurlariga borsam, xutba aytayotgan ekanlar. Shunda men: «o‘arib kishi kelib, dini
haqida so‘ramoqda, chunki dinidagi narsalarni bilmaydi», desam, u zot menga yuzlanib,
Riyozus solihiyn. Abu Zakariyo Yahyo ibn Sharaf Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |