Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
118
tutilgan ro’za uchun ikki yillik – o’tgan va kelgusi yillarning gunohlari mag’firat qilinadi»
– degan rivoyatlar bor... Hajda bo’lganlar haj vazifalarini bajaradilar, ammo,
haj qilmay,
o’z mamlakatida bo’lgan kishilar uchun qurbon hayiti arafasida tutiladigan ro’zaning
g’oyatda savobli ekanligi bildirilmoqda. Zulhijja oyining ilk to’qqiz kunini, o’n kechasini
ihyo qilish: bedor holda toat-ibodat bilan o’tkazishning juda ham ulug’ savob ekanligi
kitoblarimizda bitilgan.
Bu mavsum haj mavsumi deb atalgan oylarni o’z ichiga oladi. Bu oylarda haj qilish lozim
bo’lganligi uchun ham insonlarning bir-birlari orasidagi kina, adovat, dushmanliklarni
bartaraf etish oyidir. Qilichlar g’iloflarga solinadigan o’zaro
hisob-kitoblar bir tomonga
qo’yiladigan oylardir. Shu bois Harom oylar deb atalmoqda... Jangu jadal yo’q, hajga
ketuvchilarga hech qanday mone’lik yo’q. Otasining qotilini ko’rgan bir arab yuzini
o’girib, ko’rishmasdan, eshitmasdan o’tib ketibdi. Nega? Chunki bu oylar muhtaram va
muborak bo’lganligidan urush-adovat harom qilingan.
Hammamiz haj Islomning eng muhim ibodatlaridan biri ekanligini bilamiz. Ham aqliy,
ham
ijtimoiy, ham moddiy, ham ma’naviy tomondan juda muhim bir ibodat ekanligini:
musulmonu g’ayrimusulmon e’tirof etmoqda. «Juda ham muazzam bir ibodat, bunday
ibodat boshqa bir dinda ko’rinmaydi!» – deb hayron qolganliklarini ifodalamoqdalar. Haj
ibodatining hikmatlariyu, go’zalliklariga qoyil qolgan ba’zi g’ayrimuslimlar
Islomga
kirmoqdalar.
Haj – muhtasham bir ibodat. Dunyoning barcha burchaklaridan kelgan mo’’minlar bir
yerga to’planadilar. Bir xil qiyofada, bir xil shaklda, bir xil tavoze’da Allohga ibodat qilish
uchun yugurib keladilar. Ko’plab foydalar hosil bo’ladigan bir yig’in, ibodat maqsadi bilan
hamjihat bo’lib birlashish... Dunyoni hayron etgan muazzam bir hodisa...
Rajab, sha’bon, ramazon oylarini birlashtirib uch oylar nomini
olgan yana bir muborak
mavsum bor... Bu uch oyning muborak oylar ekanligi, behad ko’p savoblarga egaligini
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadisi shariflarida aytib o’tganlar va uni
o’zlarining xulqu atvorlari,
holatlari, ibodatlari bilan ham amalda ko’rsatganlar.
Ramazondan keyin Rasullulloh sallallohu alayhi vasallam eng ko’p ro’za tutgan oylar –
bu rajab oyi. Rajab oyida ro’za tutish nihoyatda savoblidir.
Anas raziyallohu anhu orqali rivoyat qilingan hadis:
Ya’ni: «Rajab oyi kirgan vaqtida Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday duo
qilar edilar: «Yo Rabbiy, rajab va sha’bon oyining xayru barakoti, ne’matlaridan hissasini
olib, barakotlariga erishganlardan qilgin! Bizni rajab va sha’bon oylarini chiroyli
o’tkazgan bir qul o’laroq ramazonga yetkazgin...» Jum’a kechasi bo’lganda
shunday
derdilar: «Bu naqadar baxtli, nurli, dabdabali bir kechadir va naqadar baxtli va nuroniy
kundir».
Bu hadisi sharifdan shu narsa ma’lum bo’lmoqdaki, Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam rajab oyining boshidanoq ramazon oyini ko’zlamoqdalar. Ramazonni orzu
qilmoqdalar va ramazonga yetishishni tilamoqdalar. «Rajab va sha’bonni
bizga muborak
qilib, ramazon oyiga yetishtir», – demoqdalar. Rajab, sha’bon, ramazon – biz
bilmaymiz-ku – lekin bular bizlarning Uch oylarimiz. Bobolarimiz ularga bu ismlarni
qo’ygan ekanlar, Alloh ulardan rozi bo’lsin. Dinimizga aloqador kitoblarni, manbalarni
o’qib, har narsani yaxshilab tekshirib, ibodatlarni o’z o’rnida bajarib,
Alloh roziligiga