www.ziyouz.com
kutubxonasi
93
o’rganib, ularni tuzatishga harakat qilishimiz lozim. Shom namozi ramazonda yo’qdek.
Nima uchun? Odamlar ro’za tutadi, ro’zani ochamiz, deb masjidga kelmaydilar va
namozlarini uylarida o’qiydilar. Shom namozi ramazonda go’yoki olib tashlangandek.
Bunday bo’lmaydi, bu – noto’g’ri! To’g’risi qanday? Og’iz ochish uchun kerakli ozuqani
yoniga olib, shom paytida namozini masjidda o’qiydilar va asta-sekin ovqatlanish uchun
uylariga boradilar.
Arabistondagi mo’’min birodarlarimiz bunga katta ahamiyat beradilar. Arabistonda har
azondan keyin ma’lum miqdor kutish diniy idora tomonidan joriy etilgan bo’lib, bu
devorlarga osib qo’yilgan. Unda masalan: «Peshin azoni aytilganidan 30 yoki 20
daqiqadan keyin farz namozi o’qiladi. Asr azonidan 20 yoki 30 daqiqadan o’tgach, farz
o’qiladi» va shunga o’xshash.
Ramazonda umraga borganlar biladilar: Makkai mukarrama va Madinai munavvarada
o’ziga xos bir odat mavjud. Masjidlarning ichida dasturxonlar yoziladi. Har bir kishi o’z
dasturxonini ochadi. Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam masjidlarida har bir boy
kishining o’z dasturxoni bor. Dasturxonni 5, 10, 20, 30 metrgacha ochib boradilar.
Xurmolar va boshqa narsalar keltirib, zam-zam suvlar to’ldirib qo’yiladi. Ichkarilarda
yana boshqa dasturxonlar hozirlanadi. Masjidning eshigidan kirishingiz bilan «Biznikiga
keling!» – deb qo’lingizdan tortib olib ketib qoladilar. Ya’ni to o’zingizning
dasturxoningizga yetib borguningizgacha 40 martalab da’vat qilinasiz.
«Birodarlarimizning dasturxonida bizga ham joy berilgan edi!» – deb zo’rg’a o’tib
borasiz.
Azon aytiladi. Shom kirganidan so’ng har kishi o’z xurmosi-yu, zam-zami bilan ro’zasini
ochadi. Besh daqiqa kutiladi va keyin dasturxonlar yig’ishtiriladi. Undan keyin iqomat
keltirib, namoz o’qiladi. Jamoatni sira tark etmaydilar. Bizda esa, ramazonda jamoat
bilan namoz faqat to’rt vaqtdir. Nima uchun? Chunki, shom yo’q, shomda hamma uyida
ovqatlanadi. Bo’lmaydi! Masjidga kel, namozingni jamoat bilan o’qigin 27 marta savob
ko’payadi, keyin esa uyingga boraver!
Inson yana dam ham oladi. Kecha shomda qanday mazza qildik. Iftor vaqti bir
masjidning yonida birodarlarimiz bizlarni to’xtatdilar va birgalikda namoz o’qidik. Ikki
kishi – bir imom va bir qariya bor ekan. Masjidning asosiy qismini ochmabdilar, bir
xonasida o’qiyaptilar, chunki jamoat kelmayapti. Atrofida uylar yo’qmi? Bor, lekin
masjidga kelish odatlari yo’q! Bizning noto’g’ri odatlarimizdan biri – shu. Boshqasi esa
azondan keyin darhol namoz o’qishligimiz.
Men yashagan mahallada shunday edi. Mening uyim masjiddan to’rt yoki besh xonadon
uzoqroqda edi. Azonni eshitishim bilan eshikdan chiqsam ham farzga zo’rg’a yetib
kelardim. Sunnatni shosha-pisha o’qib, farzga yetishib olasiz. Nima bo’ldi? Nima uchun
meni chaqirding? «Hayya alas solah». «Qani namozga kel!» – deb minoradan meni
chaqirmadingmi? Men uydaligimda «namozga kel!» – demadingmi? Mana keldim, nima
uchun meni kutmasdan o’qiding? Biroz kutsang, bo’lmasmidi!
Kutish yaxshi. Biz ham «har azondan keyin o’n-o’n besh daqiqa kutamiz, jamoat
tahoratini qilib olsin, – degan bir qoida qabul qilsak. Masalan, bir inson uxlab yotgan edi.
Azonni eshitib turadi, tahoratini qilib, yetib keladi. Tahorat qilib kelishiga ruxsat ber,
kelgandan keyin esa sunnatini o’qib olishga imkon ber va keyin farzga turing! Bizning
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |