www.ziyouz.com
kutubxonasi
92
peshindagi «qaylula» uyqusi bo’lib, salomatlikka ko’p foydali, odamga ko’p hordiq
beradi. Kechki ibodatga ham yordam beradi. Chunki ertalab vaqtli turgan vujud
peshinga kelib biroz dam olishni talab qoladi. Shuning uchun peshinda uxlab olgan kishi
yangilanib olgandek bo’ladi. Tabiiyki, peshindan keyin ishlarini bitiradi va shomgacha
uyiga yetib keladi.
Bizlarning oldingi odatlarimiz shunday edi. Shom mahalida hamma uyda yig’ilardi. Biz
katta yigit bo’lib qolgan bo’lsak ham shom namozi azonidan keyin uyga bormoqchi
bo’lsak, qo’rqib-qo’rqib kirib borardik. «Ey voh! Katta xato qilib qo’ydim...», – deb
qo’rquvdan titrab-titrab borardik. Chunki shom namozi paytida hamma uyda to’planadi.
Chunki ro’za tutganlar bor, ro’za ham shom namozidan keyin ochiladi.
Kunduzgi reja qanday tuziladi? Inson bu rejani namozlarni jamoat bilan o’qiydigan
shaklda tuzishi lozim. Bizning ba’zi birodarlarimiz bor edi. Do’konlarini ochib turardilar,
namoz vaqti kirib qolsa, xaridori bo’lsa, hatto «Namozga boraman, yuring, birga
boramiz! Keyin, agar kerak bo’lsa, keling!» – deb aytardi. Keyin do’konni yopib,
namozga ketardi. Dunyoning ishi tugamaydi, ammo namozning vaqti o’tib ketadi. Bordi-
yu o’tib ketsa, u vaqtdagi fazilatni qaytib topib bo’lmaydi.
Bizlarning asosiy va asl ishimiz – Allohning roziligi va savobli ishlar bo’lishi kerak.
Binobarin, ishlarimizni to’xtatib, peshin namozini masjidga borib o’qishimiz lozim.
Do’kondagi peshtaxtaning yonida yolg’iz o’qilgan namozdan ko’ra, masjidga borib
jamoat bilan o’qilgan namozning savobi 27 marta ortiq bo’ladi. Agar jome’ masjidlarda,
jum’a o’qiladigan masjidlarda o’qilsa, savobi 50 martagacha ortadi. Agar cho’pon tog’da,
dehqon paykalda azon aytib, namoz o’qisa ham savobi 50 martaga ortadi. Chunki, u
tog’u toshga «Allohu akbar», – deb nido etgan bo’ladi. Atrofida Allohning qanchadan-
qancha maxluqlari borki, ular ham yig’iladilar, shuning uchun savobi 50 marta ko’p.
Shuningdek, mo’min kishi peshingacha ishlaydi va dam olib, namozini borib masjidda
o’qiydi. Peshindan keyin ishini yana davom ettiradi va asrda mutlaqo masjidda bo’ladi.
Asr namozi muhim namoz bo’lganligi uchun Alloh taolo («val-asr»), – deb asr bilan
qasam ichadi.
Asr namozining vaqti – inson dunyo ishlariga butunlay ko’milib ketgan vaqt. Tijorat eng
qaynagan, chorsu bozorini berkitishga tayyorgarlik zamoni. «Qorong’u tushmasdan ishni
to’xtatib olay», – deb har bir kishining shoshilayotgan vaqti. Insonlarning eng ko’p
bahona topib, namozni tark etadigan vaqti. «Shoshilib qoldim, tahorat ololmadim, unday
bo’ldi, bunday bo’ldi», – deydigan paytlar. Asr paytida kishi ishdan ayrilishni istamaydi.
Albatta, mufassirlar «Asr» so’zining boshqa ma’nolarini ham aytib o’tganlar.
Payg’ambarimizning oldilariga bir kishi kelib: «Juda ham xafaman, parishon bo’ldim», –
deb dardini tushuntirib ketibdi. Payg’ambarimiz uni eshitib: «Men seni asr namozini qazo
qilibsan, deb o’ylabman», – dedilar. Ya’ni, sening darding u qadar muhim emas,
demoqchi bo’ldilar. Zero, asr namozini tark etmaslik, balki uni ham masjidda o’qish
lozim.
Bizning mamlakatimizda keng tarqalgan bir yomon odat bor: Shom namozlari ramazon
oyida yo’qqa o’xshab qoladi. Axir, ramazon ibodat oyi emasmidi? Bunday qusurlarimizni
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |