www.ziyouz.com
kutubxonasi
72
Soqolli yigitcha ekan.
«Siz bilan gaplashmoqchi edim», – dedi.
«Marhamat, gapir».
«Ustoz! Otam meni uydan haydadi, farzandlikdan chiqardi!»
«Ey voh! Nima uchun?».
«Soqol qo’yding deb, oq qildi».
«Otang nima ish qiladi?» – deb so’radim.
Otasi cholg’u asboblari yasaydigan usta ekan. O’g’lining soqol qo’yishi, dindor bo’lishi
unga ma’qul kelmabdi. O’g’lini haydab yuboribdi.
«Endi nima qilayapsan?» – deb, yordam berish maqsadida yana so’radim.
«Moddiy ahvolim yaxshi, moddiy yordam lozim emas. Turadigan joyim bor. Faqat ahvol
shunday», – dedi.
«Ota-onaning rizosi juda muhim, sen ularga bir maktub yoz! Maktubda juda ham chiroyli
bir uslubni ishlat! Aytginki: «Sevgili va hurmatli, boshimning toji otajonim, onajon!
Qo’llaringizni, oyoqlaringizni o’paman. Mening Islom dinim sizlarga juda ham yaxshi
farzandlik qilishga amr etadi. Men shuni bajarishni xohlayman. Iltimos siz menga shu
imkoniyatni bering! Siz meni uydan haydadingiz, oq qildingiz, ruxsat bering men sizning
qo’llaringizni, oyoqlaringizni o’payin, sizga xizmat qilayin! Sizga farzandlik burchimni
chiroyli ado etayin! Allohga osiy bo’lishimni xohlamang! Allohning yo’lidan qaytishimni
so’ramang! Allohning amrlarini bajarmasligimni talab qilmang! U holda majburan, balki
parchalanib bo’lsa ham Allohning yo’lini afzal ko’raman. Chunki U olamlarning Rabbisidir.
Mening Parvardigorimdir. Unda Allohning amrlarini tutib, sizga esa itoat qilolmayman.
Nima bo’lganda ham meni bu mushkul holga tushirib qo’ymang! Men sizga xizmat
qilishni xohlayman!» – deb yoz!» Yigit o’zi yaxshi niyatda kelgan edi. Alloh shuning
uchun menga bularni gapirtirdi. U «Xo’b bo’ladi, ustoz!» – deb ketdi.
Oradan bir necha oy o’tdi. Boshidan-oyog’igacha berkitilgan, qo’llari qo’lqopli bir yosh qiz
bilan keldi. Eshikni ochib:
«Ustoz, kirish mumkinmi?» – deb so’radi.
«Marhamat!» – dedim.
Yonida ro’molli qiz borligini ko’rib, «Bizning talaba uylanmoqchi shekilli», – deb o’yladim.
«Ustoz, bu qizni taniyapsizmi?» – deb so’radi.
«Birinchi marta ko’rib turishim, qaerdan taniyman?» – deb aytdim.
«Bu – mening singlim. Siz menga bir maktub yoz, deb aytgan edingiz, men ham
maktubni siz aytgan shaklda qilib yozdim. Mening maktubim uyimizda bomba kabi
portlabdi, uyga sig’may ketibdi. Otam yig’labdi, onam yig’labdi, ukalarim yig’labdi».
Maktubdagi samimiyatdan ota yo’lga kirib, «kechirdim bolam», debdi. Bizning talaba
uyga boribdi, yarashibdilar, alhamdu lilloh.
Biroz muddat o’tganidan keyin yigit yana oldimga keldi.
«Ustoz kirish mumkinmi?»
«Marhamat, kir ichkariga!»
«Ustoz, xushxabar! Otam, onam, ukalarim – hammamiz hajga ketyapmiz!»
Alhamdulilloh, qanday yaxshi! Demak, ota-onangiz bilan biror kelishmovchiligingiz
bo’lsa, shunday hal qiling!
Ba’zan otalar ham nohaqliq qilishadi.
Masalan, «Do’konga aroq qo’yaman!» – deydi otasi.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |