«Bas, kim (hayoti-dunyodalik paytida) zarra misolichalik yaxshilik qilsa
(Qiyomat kunida) o’shani ko’rur. Kim zarra misolichalik yomonlik qilsa uni ham
ko’rur»
, – oyati karimasiga ko’ra, ahvolimiz og’ir bo’lishi ham mumkin...
Bir inson haj qilsa, uning gunohlari shunday o’chirilib, toza bo’larkanki, qayta turib
«Ajabo, Alloh meni afv etdimi, deb taraddudga tushsa, ilk gunoh yozila boshlaydi», –
deyiladi hadisi shariflarda. Ya’ni inson ikkilanmasligi kerak. Alhamdulilloh, gunohlardan
forig’ bo’ldim, deydi. Ammo buning sharti nima? Hajni halol pulga ado etmog’i lozim.
Masala aylanib-o’rgilib, yana avliyoulloh buyuklarimiz aytib o’tgan nuqtalarga kelib
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
61
to’xtamoqda: halol luqma yeb, haromdan yiroqlashish. Ya’ni og’izga harom luqma
kirmasligi kerak.
Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning bu xususda juda ham talabchan bo’lganligini
yaxshi bilasiz. Kimdir ularga bir tovoq hadya keltiribdi. Ma’qul ko’rib, bir luqma yebdilar
va «Qaerdan keldi bu?» – deb so’rabdilar. Hadyaning harom joydan kelganini bilgach,
barmoqlarini tomog’iga tiqib, qusib tashlabdilar. Keyin shunday debdilar: «Harom bilan
oziqlangan vujudni shubhasiz, jahannam otashi kuydirmay iloji yo’q!»
Shu bois ham avliyoulloh bobokalonlarimiz, murshidi komillarimiz aytadilarki:
«Musulmon eng avvalo halol luqma yeyishga diqqat etishi lozim! Birovlarning haqqini,
haromni yemasligi kerak. Harom va halolni yaxshi farqlashi zarur!» Bu biz uchun juda
jiddiy bir ko’rsatmadir.
Hazrati Umar raziyallohu anhu xalifalik chog’larida taftish etish maqsadida qamchini
qo’lga olib, bozorga kirar ekanlar. Bozordagilardan harom va haloldan, shar’iy
muomaladan so’rar ekanlar. Qanday muomala harom, qandayi halol, nima qilsa, foyiz
bo’ladi, nimani bajarsa, harom bo’ladi, deb ularni qattiq imtihon qilar, tegishli chora-
tadbirni qo’llar ekanlar.
Hayotdagi hamma ishlarimiz halol luqmaga bog’liq. Bu yerda maqsadimiz ramazonni
tushuntirish bo’lsa-da, o’rni kelganda, katta harflar bilan:
«Hamma narsa halol luqmaga bog’liq bo’lganidan daromadimiz halol bo’lishi va harom
luqma iste’mol qilmaslikka juda diqqatli bo’lishimiz shart. Farzandlarimizga harom luqma
yedirmaslikka harakat qilishimiz zarur. Halol rizq talab qilish yo’llarini yaxshi va to’g’ri
o’rganib, o’zlashtirishimiz lozim»,
– deb yozib, tagiga chizib qo’yishni taklif qilardim.
Bizning fakultetlarimizda turli mutaxassisliklarni – shifokorlik, muhandislik, ziroatchilik,
huquqshunoslik sohalarini yaxshi o’rgatishadi. Juda ham yaxshi, Alloh bu maslak
sohiblarining sonlarini ko’paytirsin. Ammo, eng avvalo, o’z mutaxassisliklari bo’yicha
nima halolu nima harom ekanligini o’rgatishini xohlardim. Chunki harom luqma yedimi,
uning ibodati ham qabul bo’lmaydi, shubhasiz, jahannamga kiradi. Juda ham ayanchli
holatga tushib qoladi. Shuning uchun halol luqmaga ahamiyat berishingizni yana bir
karra eslatyapman.
Ikki ramazon, ikki haj, ikki jum’a, ikki namoz orasidagi gunohlarga kafforat bo’ladi,
dedik. Faqat bir shart bilan: (Majtunibatul kabairi). Gunohi kabira – katta gunohlardan
qochgan holdagina katta gunohlar bu – odam o’ldirish, o’g’irlik, zino va boshqalar. Mana
shunday gunohlardan o’zini saqlab, hushyor yurgan kishining chapdan, o’ngdan
bilmasdan aralashib qolgan gunohlari o’chiriladi. Lekin katta gunohlardan saqlangan
taqdirdagina.
Barchamiz mo’’min va mo’’mina bo’lganimiz uchun ham gunohi kabiralardan saqlanamiz.
Ya’ni, o’g’irlik qilmaymiz, alhamdulilloh. Odam o’ldirmaymiz, alhamdulilloh. Alloh bunday
gunohlarga ro’para qilmasin. Biroq hozirgi davrda mo’’min uchun eng tahlikali gunoh bu
– zino. Afsuski, zamona ko’plab kishilarni zinoga bulg’ab tashlamoqda. Davr shartlari har
kishini ozmi-ko’pmi zinoga bog’lamoqda.
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |