www.ziyouz.com
kutubxonasi
58
hadisdan ibrat olgan vaqtida chuqur o’yga toladi, yomonliklarni tark etadi, to’g’ri yo’lga
kiradi, tavba qiladi. Shunda bu tafakkur oltmish yillik ibodatdan xayrliroq bo’ladi.
(Va dua’uhu mustaja’bun). «Ro’zadorning duosi ham mustajob». Duo ham ibodat.
Insonlar bilmaydigan xususlardan biri shu:
Biz namozimizni o’qib bo’lganimizdan keyin qo’llarimizni ko’tarib, Allohdan nimalarnidir
so’raymiz. Alloh taolo duo qilganga xohlaganini beradi, ammo aynan mana shu so’rash,
mana shu duo ham ibodat. Ya’ni, inson ertadan kechgacha Allohdan nimani so’rashidan
qat’iy nazar ibodat qilgan bo’ladi.
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hayratga soladigan bir xushxabar aytadilar:
«Duo qilmaydiganlarga Alloh taolo g’azablanadi». Hech qachon «Ey qulim, ko’p duo
qilding, yetar endi, ko’p so’rayverma!» – demaydi, balki duogo’yning istak-xohishlaridan
mamnun bo’lib, uni ibodat deb qabul qiladi. Aksincha, duo qilib, Allohdan biron narsa
so’ramaydiganlarga Alloh g’azab qiladi.
Ba’zilar «Assalomu alaykum va rahmatulloh. Assalomu alaykum va rahmatulloh» – deya
namozini tugatib turib ketadi. Birodar, namoz ham ibodat, orqasidan qilingan duo ham
ibodat. U ham senga savob yetkazadi! Alloh so’ragan narsangni beradi!
Inson: «Men duo qilaman, lekin qabul bo’lmayapti», – deyishi mumkin. Shunday
deydiganlar bor. Masalan, kecha eshitdim, bir ayol: «Alloh mening duolarimni qabul
qilmayapti», – debdi.
Banda Allohdan bir narsa so’rab, duo qilsa va qilgan iltijosi duoning shartlariga muvofiq
kelsa, albatta, Alloh qabul qiladi. Hadisi shariflardan ma’lumki, harom yeydigan, harom
narsalar so’zlaydigan, harom kiyinadigan kimsaning duosi qabul bo’lmaydi. Ammo, halol
yeb-ichadigan, pokiza va duoning shartlariga muvofiq keladigan insonning duosini Alloh
uch shaklda qabul qiladi:
1. Duosini ijobat qiladi. «Ey Rabbim, paykalim qurib ketdi, ertaga yomg’ir ehson qil.
Bo’lmasa halok bo’lamiz, ko’p zararlar ko’ramiz», – deydi. Qarabsizki, ertasiga sharillab
yomg’ir yog’adi.
2. Ba’zan istaganidan yanada a’losini beradi. Bu nimaga o’xshaydi? Bemor shifokorga:
«Menga aspirin bering!» – desa, hakim: «Yaxshi, lekin oshqozoningda yara bor,
yallig’lanish bor... Aspirin ichsang, oshqozoning umuman xarob bo’ladi. Sen aspirinni
boshing og’riyotganligi uchun so’rayapsan. Men senga aspirin bermayman, lekin bosh
og’rig’ini qoldiradigan yanada yaxshiroq dori beraman», – deydi.
Alloh ham shunga o’xshash: qul bir narsani so’raganida bermayotgan bo’lsa, demak,
yanada yaxshirog’ini beradi. Biroz sabr qilish lozim.
Payg’ambarimiz aytadilarki: «So’radim, lekin Alloh bermadi, deb shikoyat qilmang, biroz
sabr qiling, kuting! Inson sabrli bo’lishi lozim!»
Shuning uchun shoshilmaslik kerak, tinmay so’rayverish kerak! So’ragandan keyin odob
bilan kutmoq lozim! Alloh ba’zan so’raganingizdan a’losini beradi, ko’rasiz hali. Kuting,
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |