www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
«Ey musulmonlar, Alloh sizlar bilan farishtalariga maqtanadi». Qarang, mening qullarim
g’ayrat bilan ibodat qilmoqdalar. Qanday ishq, zavq bilan ro’za tutmoqdalar, Qur’on
o’qimoqdalar, namoz o’qimoqdalar, 20 rak’at, 33 rak’at. Qanday xayru hasanotlar
qilmoqdalar. Uylarining eshiklarini ochib, faqirlarga, boylarga ziyofatlar bermoqdalar.
Sadaqalar tarqatmoqdalar, guruh-guruh bo’lib faqirlarning uylarini topib,
sevintirmoqdalar, deb maloikalariga maqtanadi.
«U holda, bu oyda Allohga bo’lgan xayr va qullik vazifalaringizni ado eting, bajaring!
Ishlang, xayrli ishlar ketidan yuguring», – deb Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam
sizlarga, bizlarga tavsiya bermoqdalar.
Endi, o’sha muhim, muhtasham jumlaga keldik: «Fainnash-shaqiyya». «Shaqiy-ashqiyo,
ya’ni Allohning rahmatidan mahrum, jahannamlik inson... Jahannam yo’lchisi. Tavba
qilmay o’lsa, jahannamga kiradigan inson...»
Kim ekan u? «Man hurima fiyhi rahmatallohi azza va jalla». Allohning rahmatidan
mahrum bo’lgan kishi. «Bu oyda Allohning rahmatidan benasib bo’lgan, Allohning
rahmatiga erisholmagan, Allohning rahmatini tutolmagan, Allohning rahmati
yetishmagan kishi eng badbaxt insondir», – deb aytmoqdalar Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam.
Quruq gapning hech ahamiyati yo’q! Inson so’zdan biror ibratni oladi-da, o’shanga ko’ra
bajarishi kerak bo’lgan narsani amalga oshiradi! Bu oyning uchdan biri kelib ketdi. Bizda
biror o’zgarish bormi, qarab ko’ring-chi o’zingizni! Yaxshi musulmon holiga
kelganligingizga doir biror ishoratlar, alomatlar ko’rinyaptimi? Axloqingiz, ibodatingiz,
zehniyatingiz, ko’nglingiz, aqlingizda buni bir sinchiklab ko’ring! Uchdan biri kelib ketdi,
qolgani ham havodek o’tib bormoqda. Shuning uchun «Alloh taolo rozi bo’ladigan
amallarni, xayrlarni bajarish borasidagi qullik vazifalaringizni chiroyli qilib bajarib, siz
ham o’z burchlaringizni ado eting!» – deb aytyaptilar Payg’ambarimiz. G’aflatda qolib
ketmang!
Aziz va muhtaram birodarlarim! Har bir ibodat, Alloh taoloning har bir amri, Islomning
har bir buyruqlarida hikmat bor. Ya’ni har biri o’z o’rnida, biror sabab bilan insonga
foyda beradi. Masalan, ro’zaning badanga, me’daga, ruhga, aqlga foydasi bor, savob
jihatidan ham manfaati tegadi. Ramazon oyining muazzam foydalari mavjud.
Ramazon – Alloh jalla jalaluhuning sizni yaxshi bir banda bo’lishingiz uchun o’tkazadigan
bir oylik sinov kursi. Yaxshi qul bo’lish uchun kursga olinasiz va bir oy mobaynida ta’lim
olasiz. Turli kasblarda, mutaxassislik kurslari bo’ladi-ku. Kursni muvaffaqiyatli
bitirganlarga mukofot beriladi. Maoshi ortadi, mansabi o’zgaradi, boshqa joyga topshiriq
bilan jo’natiladi. Shu ma’noda, ramazon oyi – yaxshi musulmon bo’lish uchun kamolga
erishish kursi. Bu oyda shu hikmat bor. Alloh taolo shaytonlarni shuning uchun bog’lab
qo’yadi. Osmonning eshiklari shundan ochiladi. Duolarni shuning uchun qabul qiladi.
Allohdan kechirishini so’rang, xayrlarni bajarishga shoshiling! Imkon berilgan, vaqtlar va
shartlar bemalol bo’lsa, harakat qiling, shu ta’lim kursini muvaffaqiyatli bitiring!
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bir jum’a kuni minbarga chiqib, bir oyoq
bosganlarida «omin» dedilar. Ikkinchi qadamni tashlaganlarida yana «omin» dedilar.
Zinadan ko’tarilib, uchinchi daf’a oyoq bosganlarida yana «omin» dedilar. Atrofdagilar
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |