www.ziyouz.com
kutubxonasi
101
Robiya Adaviyya har sahar aytar ekanki: «Bugun sening eng so’nggi kuning, ibodatingni
qilib qol!..»
Har kecha aytarkanki:
«Bu kecha sening eng so’nggi kechangdir, eng so’nggi kechasini inson qanday o’tqazsa,
ana shunday ibodat qil!..»
Muborak zotlar ana shunday fikru idrok bilan harakat qilganlar, yolvorganlar va ixlos
bilan ibodat qilib, yuksak maqomlarga yetishganlar. Biz esa ulardan ibrat olishimiz
kerak. Biz ularning oyoqlari changiga ham arzimaymiz, ularning darajasiga erishmoq
uchun ko’p g’ayrat qilishimiz kerak bo’ladi.
Alloh taolo buyuradiki, «Yo’l ozuqasini g’amla, chunki yo’l uzundir» deya.. Bu qanday
yo’l?.. Mana shu hayotimiz, umrimiz.. Undan keyin oxirat, oxiratdagi Mahkamai Kubro.
Undan so’ng mo’’min qullarga oxirgi bekat bo’lgan jannat... Osiy, gunohkor qullarga esa
jahannam...
Tabiiyki, jannatga kiradiganlarning darajalarini anglatgan edik. Hisobi ko’rilar ekan,
savobi gunohdan g’olib kelganlar jannatga kiradilar. Ularning ham o’z darajalari bor...
Qaysi biri yashin tezligida, bir ko’z yumib-ochgunga qadar Sirotdan o’tib oladilar. Qaysi
biri yugurib o’tadi, kimdir yiqilib-qoqilib o’tadi. Yugurib, emaklagan holda, yiqilib-qoqilib
Sirotdan o’tib, jannatga doxil bo’ladilar. Jannatga kirdimi, bu eng katta baxt!..
«Bas, kim do’zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga)
erishgay».
Endi u yerdagi ne’matlarning chegara va hisobi yo’qdir.
Mo’min bo’lgan holda, gunohlari tufayli azob chekkan kimsalar ham bo’ladi. Ham qabrda
azob chekkan bo’ladilar, ham jahannamga tushib azoblanadilar.
Qabrdagi azobning ko’rinishi hadisi sharifda keladi. Mo’’min banda qabrga qo’yar-
qo’yilmas, azob malaklari olovdan qilingan cho’qmor bilan shunday qattiq uradilarki,
sochilib ketadi. Azoblar chekib: «Yohu, men musulmonman! Nega meni bunday
azoblayapsan? Nega meni urayapsan?..» deyishi bilan farishtalar: «Ha, sen albatta
musulmonsan, ammo hayotligingda zolimlar bir mazlumga jabru jafo qilayotganlarida
sen ularning oldidan o’tib ketding, ammo mazlumga yordam bermading. Bu ana shuning
jazosidir!» – deydilar.
Yana bir hadisga ko’ra Payg’ambar sallallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o’tib
ketayotgan bo’ladilar. Bu qabrlarda mo’’minlar yotgan bo’ladi. Aytdilarki: «Bu ikki
qabrdagi shaxslar azob chekayaptilar». Chunki hazrati Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
vasallam basirat ko’zi bilan qabrlarning ichini ko’rayotgan edilar. Hatto avliyoullohning
ham avliyolik martabalaridagi ilk darajalari kashful qulub va kashful quburdir. Ya’ni
ko’ngildan o’tganini va qabrdagilarning ahvolini biladi.
«Qarang, bu ikki qabrdagi shaxs azoblanmoqda».
«Nima uchun?..»
«Birisi yolg’onni u yoqdan-bu yoqqa tashib, odamlar orasini buzardi. Buning yolg’onini
unga, unikini esa bunga. Gap tashuvchi, deydilar buni. O’rtani buzuvchi, yolg’on
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
Do'stlaringiz bilan baham: |