www.ziyouz.com kutubxonasi
11
hisob kuni bemurosa qoralanishini ma’lum qiladi. "Val-asr" surasi hamma zamonlarda xam inson o‘zini
qay taxlit baxtsizlikka maxkum etishini o‘rtaga qo‘yadi. "Humaza" surasi inson nafsini tanqid qiladi.
"Fil" va "Quraysh" Ollohning Qurayshga, Islom deb bilgan o‘lkalariga qanday yordam qilganini
uqtiradi. "Mo’uvn" surasi Islom dini hamjihatlik asosida bino bo‘lganini, bu yo‘ldan yurmagan
insonning namozi ham el ko‘rsinga o‘qilishini, shu sababli qabul bo‘lmasligini ta’kidlaydi. "Kavsar"
surasi Payg‘ambarimizning koinotdagi maqomlari yuksakligi sirini, "Nasr" surasi ul zotning moddiy
dunyodan ma’naviy olamga ko‘chib o‘tishlari sirlarini anglatadi.
"Tabbat" Payg‘ambarimiz - Rasuli Akram sallallohu alayhi va sallamga, ya’ni yaxshilikka qarshi
chiqqan kishi kim bo‘lishidan qat’i nazar, jazosini topajagini aytadi. "Ixlos" surasi Ollohning o‘z-o‘ziga
bergan ta’rifidir. "Falaq" va "Nos" suralari insonlarning jamiki gunohlardan xalos bo‘lishlari uchun
Ollohga qanday duo o‘qilishi kerakligidan ta’lim beradi.
Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |