tutguvchilarni sevadi».
223. Xotinlaringiz ziroatgohingizdir.
I z o h .
Bu so‘zlar bilan Qur’on er-xotinning yaqinlashuvidan birinchi muddao — farzand
talab qilish ekaniga ishora qilmoqda.
Bas, ziroatgohingizga xoxlagan holatingizda yaqinlashavering va o‘zingiz
uchun yaxshi amallar taqdim qiling! Allohdan qo‘rqingiz va bilingizkim, sizlar
Unga ro‘baro‘ bo‘lguvchisiz. (Ey Muhammad) iymonli kishilarga (jannat)
xushxabarini yetkazing!
224. Yaxshilik qilish, taqvodor bo‘lish va odamlar orasini isloh qilish (kabi
amallardan to‘suvchi bo‘lgan) qasamlaringiz uchun Allohni bahona qilmangiz!
Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.
I z o h.
Ba’zi kishilarga biror yaxshi amalni qilish haqida gapirilsa: «Bajoni dil qilardim-u,
shu ishni qilmaslik to‘g‘risida Alloh nomiga qasam ichgan edim-da», deb bahona
ko‘rsatishadi. Yuqoridagi va quyidagi oyatlar shunday kishilarga javobdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |