bilmaydigan qavmdirsizlar. Axir ularning (ibodat qilib) turgan narsalari yo‘q
bo‘lguvchi, qilib turgan amallari esa botil-ku?»
140. (Yana) aytdi: «Men, sizlarni butun olamlardan afzal qilib qo‘ygan Allohdan
o‘zgani (ya’ni jonsiz butni) sizlarga xudo qilib beramanmi?!»
141. (Ey bani Isroil), sizlarni yomon azob qiynayotgan, o‘g‘illaringizni o‘ldirib,
ayollaringizni tirik qoldirayotgan Fir’avn odamlaridan qutqarganimizni eslangiz!
Bu ishlarda (ya’ni bu azob va najotda) Parvardigoringiz tarafidan ulug‘ imtihon
bordir.
142. Muso bilan o‘ttiz kechaga va’dalashgan edik. So‘ngra uni yana o‘n (kecha)
bilan to‘ldirdik. Bas, Parvardigorining (uning uchun belgilagan) vaqti komil qirq
kecha bo‘ldi. (Alloh Tur tog‘ida Musoga shuncha muddat tanho ibodat qilishni
Do'stlaringiz bilan baham: |