zulm qilgan edi), sen kelganingdan keyin ham ozor ko‘rdik». U (Muso) dedi:
«Shoyad Parvardigoringiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni bu yerga xalifa
qilsa va qanday amallar qilishingizni ko‘rsa».
130-131. Qasamki, Biz Fir’avn odamlarini pand-nasihat olishlari uchun
(qahatchilik) yillari bilan va meva-chevalarning hosilini kamaytirish bilan
ushladik. Shundan keyin ham qachon ularga yaxshiligimiz (osoyishta hayot,
unumdorlik) kelsa: «Bunga o‘zimiz haqdormiz», deyishdi. Agar ularga biron
yomonlik yetib qolsa, Muso va u bilan birga (unga iymon keltirgan) kishilardan
badgumon bo‘ldilar. Ogoh bo‘lsinlarki, albatta ularning rizqu nasibalari faqat
Allohning huzuridadir. Lekin ularning ko‘plari (buni) bilmaydilar.
132-133. Ular (Musoga): «Bizlarni sehrlash uchun qanday oyat-mo‘‘jiza
Do'stlaringiz bilan baham: |