tashqari narsaga taklif qilmaymiz – ular jannat egalari bo‘lib, unda abadiy
qolajaklar.
43. Ostlaridan daryolar oqib turar ekan, ularning ko‘ngillaridan (bir-birlariga
nisbatan bo‘lgan) g‘illu g‘ashliklarni tortib olurmiz va ular: «Bizlarni bu
(ne’matlarga) yo‘llagan zot — Allohga hamdu-sano bo‘lgay. Agar bizni Alloh
hidoyat qilmaganida, hargiz yo‘l topa olmas edik. Haqiqatan
Parvardigorimizning payg‘ambarlari haq dinni keltirgan ekanlar», deydilar va
ularga: «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan
jannat mana shudir», deb nido qilinur.
44-45. (Shunda) jannat egalari do‘zax egalariga qarab: «Bizlar parvardigorimiz
bergan va’daning (ya’ni jannat va undagi ne’matlarning) haq ekanini ko‘rdik,
Do'stlaringiz bilan baham: |