9. Agar uning (payg‘ambarning) o‘zini farishta qilsak ham, uni er kishi (ya’ni
inson suratida) qilgan va ularga noaniq holda turgan narsani yana
xiralashtirgan bo‘lur edik.
I z o h .
Chunki farishtalar nurdan yaratilgan bo‘lganlari uchun agar inson suratiga
kiritilmasa, kishilar ularni ko‘ra olmaydilar. Inson suratida ko‘rganlarida esa farishta
ekanligiga ishonmaydilar.
10. (Ey Muhammad), sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlarning ustidan ham
kulingan. So‘ng ularni masxara qilgan kimsalarni o‘sha kulgilari o‘rab, (domiga
tortib) ketgan (ya’ni halok qilgan).
11. Ayting: «Yerni aylanib sayru sayohat qilinglar, so‘ngra (payg‘ambarlarni)
yolg‘onchi qilguvchilarning oqibati qandoq bo‘lganini ko‘ringlar».
Do'stlaringiz bilan baham: |