haqida janjallashib qolganingizda — holbuki, Alloh yashirgan narsalaringizni
yuzaga chiqarguvchidir — «uni (maqtulni) so‘yilgan sigirning bir bo‘lagi bilan
uringlar», degandik. Alloh o‘liklarni shu tariqa tiriltiradi va sizlarga fikr
qilishingiz uchun o‘z oyatlarini ko‘rsatadi.
I z o h .
Darhaqiqat, shunday qilishgach, haligi jasadga jon kirib, o‘zining qotili kim
ekanligini aytadi.
74. So‘ngra — shunday mo‘‘jizalarni ko‘rgandan keyin ham dillaringiz qotdi.
Bas, u dillar tosh kabidir yoki undan-da qattiqroqdir. Zero, shunday toshlar
borki, ulardan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylari borki, yorilib, ichidan
suv chiqadi, yana shundaylari ham borki, Allohdan qo‘rqqanidan pastga
qulaydi. Alloh qilayotgan amallaringdan g‘ofil emasdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |