bo‘lganlaridan qat’i nazar, iymonga kelib, yolg‘iz) Allohga, oxirat kuniga
ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir
va ular uchun xavfu xatar, g‘am-anduh yo‘qdir.
63. Eslang (ey bani Isroil), biz ahdu paymoningizni olgandik va ustingizda Tur
tog‘ini ko‘tarib turib, «Keltirgan narsamizni (Tavrotni) mahkam ushlang va
undagi bor narsani yodingizda tuting — shoyad taqvo egalaridan bo‘lsangiz»,
degandik.
64. Keyin o‘sha ahdu paymondan keyin yuz o‘girdingiz. Agar sizlarga Allohning
fazlu karami bo‘lmaganda edi, ziyon ko‘rguvchilardan bo‘lib qolar edingiz.
65. Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, Biz
ularga: «Badbaxt maymunlarga aylaningiz», dedik.
Do'stlaringiz bilan baham: |