58. «Ushbu qishloqqa (Quddusga) kiringlar-da, undan xohlagan joylaringizda
yeb-ichinglar. Darvozadan sajda qilgan holingizda kiringlar va «afv et»
denglar, biz xatolaringizni mag‘firat qilamiz va yaxshilik egalariga ziyoda
ne’matlar ato qilamiz», deganimiznn eslanglar.
59. Shunda zolim kimsalar ularga aytilgan so‘zdan boshqa so‘zni almashtirib
aytdilar. Bas, qilgan isyonlari oqibatida bu zolimlar ustiga Biz osmondan balo
yog‘dirdik.
60. Eslang (ey bani Isroil), Muso o‘z qavmi uchun suv tilaganida: «Asoingni
toshga urgin», dedik. Bas, undan o‘n ikki chashma otilib chiqdi — har bir
qabilaga (ular o‘n ikki urug‘ edilar) o‘z suvi ma’lum bo‘ldi. «Alloh bergan
rizqdan yeb-ichinglar, Yer yuzida buzg‘unchilik jinoyatlarini qilmanglar».
Do'stlaringiz bilan baham: |