bo‘lgan narsani (baloni) qaytarishga ega bo‘la oladi?!» Osmonlar, Yer va
ularning orasidagi bor narsalar Allohning mulkidir. U o‘zi istagan narsasini O’zi
istagan suratda yaratur. Alloh hamma narsaga qodirdir.
18. Yahudiy va nasroniylar: «Biz Allohning suyukli bolalarimiz», dedilar.
Ayting: «U holda nega sizlarni gunoxlaringiz sababli azoblaydi?! Yo‘q! Sizlar
ham U yaratgan barcha odamlar kabi odamsizlar. O’zi istagan kishisini
mag‘firat qilur, istagan kishisiga azob berur». Osmonlar, Yer va ularning
orasidagi bor narsalar Allohning mulkidir. Faqat uning O’ziga qaytilur.
19. Ey ahli kitob, mana, elchimiz (Muhammad alayhis-salom) avvalgi
payg‘ambarlardan ancha zamon o‘tib: «Bizga na biron (jannat haqida)
xushxabar berguvchi va na biron (do‘zax azobidan) qo‘rqitguvchi kelmagan»,
Do'stlaringiz bilan baham: |