15-16. Ey axli kitob, mana, elchimiz (Muhammad alayhis-salom) sizlar
kitobingiz (Tavrot, Injil) orasidan yashirib kelgan (u zotning payg‘ambar
bo‘lishlari va yana boshqa zarur masalalar xususidagi) ko‘p narsalarni sizlarga
bayon etgan holda, (faqat sizlarning sirlaringizni ochib, sharmanda qilish
uchungina ishlaydigan) ko‘p narsalarni tark etgan holda keldi. Sizlarga Alloh
tarafidan Nur-Ochiq Kitob keldiki, Alloh u sababli o‘zining rizoligiga ergashgan
zotlarni najot yo‘llariga hidoyat qilur va O’zi iznu irodasi bilan ularni
zulmatlardan nurga chiqarur va ularni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur.
17. «Alloh – Masih binni Maryamdir», degan kimsalarning kofir bo‘lganliklari
aniqdir. (Ey Muhammad), ayting: «Agar Alloh Masih binni Maryamni, uning
onasini va yerdagi barcha kishilarni halok etishni istasa, kim Alloh tarafidan
Do'stlaringiz bilan baham: |