marhamati bilan sizlarni iymonda ustivor qilmasa edi) ayrim kishilardan
tashqari hammangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.
84. Bas (ey Muhammad), Alloh yo‘lida jang qiling. Zotan, siz faqat o‘zingiz
uchun javobgarsiz. (Demak, yolg‘iz qolsangiz ham jang qiling) va mo‘minlarni
ham targ‘ib qiling! Shoyad Alloh kofir bo‘lgan kimsalarning shiddatini daf qilsa,
Alloh quvvati ortiq, azobi qattiq zotdir.
85. Kim (odamlar orasida) chiroyli — haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham
uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o‘zi
uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan
zotdir.
86. Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq
qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh
Do'stlaringiz bilan baham: |