1-2. (Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib,
qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga
toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!
I z o h .
Darhaqiqat, butun hayotlarida Alloh taologa biror kun ibodat qilmasdan mol-
dunyoga sig‘inib o‘tadigan kimsalar juda ko‘pdir. Bu xususda Payg‘ambarimizning
Sahihul-Buxoriyda rivoyat qilingan bir hadislari o‘ta ibratlidir: «Mayyitning-o‘likning
ortidan uch narsa ergashib boradi va keyin u uchovidan ikkisi qaytib ketadi, biri esa o‘lik
bilan birga qoladi — unga bola-chaqasi, mol-dunyosi va shu dunyoda qilgan amallari
ergashib boradi-da, so‘ngra bola-chaqasi va mol-dunyosi yana qaytib ketadi, Qilib o‘tgan
amallari esa u bilan birga qabrda qoladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |