poklaydigan hamda ularga Kitob va Hikmatni o‘rgatadigan payg‘ambarni
yuborish bilan yaxshilik qildi. Zero ular ilgari ochiq xato — zalolatda edilar.
165. (Ey mo‘minlar), agar sizlarga (Uxudda dushman tomonidan) bir musibat
yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan
edingiz — Bu balo qaydan keldi? — deysizmi?! (Ey Muhammad), ularga: «Bu
musibat — mag‘lubiyat o‘z qilmishlaringizdan», deb ayting! Albatta Alloh
hamma narsaga qodirdir.
166-167. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat Allohning izni-
irodasi bilan va haqiqiy mo‘minlarni bilish uchun hamda nifoq yo‘liga kirgan
kimsalarni aniqlash uchun bo‘ldi. Ularga: «Kelinglar, Alloh yo‘lida jang qilinglar
yoki (hech bo‘lmasa bizning sanog‘imizni ko‘paytirish bilan dushmanni) daf
Do'stlaringiz bilan baham: |