42—43. Farishtalar Maryamga: «Yo Maryam, albatta Alloh seni (ayollar
orasidan) tanlab oldi va (barcha gunoxlardan) pokladi hamda seni butun
olamlarning ayollaridan afzal qildi. Yo Maryam, Parvardigoringta itoat qil va
ruku’ (Allohga ibodat) qilguvchilar bilan birga sajda va ruku’ (ya’ni ibodat
qil!») — deganlarini eslang!
44. (Ey Muhammad), g‘ayb (noma’lum) xabarlaridan bo‘lgan bu xabarni Sizga
Biz vahiy qilmoqdamiz. Holbuki, Siz ulardan qaysilari Maryamga kafil bo‘lishini
bilishlik uchun qalamlarini (qur’a qilib) tashlaganlarida ularning oldida
emasdingiz va talashib-tortishganlarida ham ularning oldida emasdingiz.
45-46-47. Eslang (ey Muhammad), farishtalar: «Yo Maryam, albatta Alloh
senga O’zining So‘zini xushxabar qilib beradiki, uning ismi al-Masih Iyso binni
Do'stlaringiz bilan baham: |