238. Barcha namozlarni va xususan o‘rta namozni (asr namozini) saqlanglar —
o‘z vaqtlarida ado qilinglar! Va Alloh uchun bo‘yinsungan holda turinglar!
239. Endi agar (dushman hujumidan) xavfda qolsangiz, piyoda yoki otliq
holingizda (ibodat qilaveringiz!) Qachon xotirjam bo‘lganingizda, bilmagan
vaqtingizda Alloh qanday o‘rgatgan bo‘lsa, shunday holda (ya’ni namozning
barcha arkonlarini o‘rniga qo‘yib) Allohni zikr qilingiz!
240. Sizlardan vafot qilgan kishilar xotinlarini qoldirgan bo‘lsalar (o‘limlaridan
Do'stlaringiz bilan baham: |