15. So‘ngra shak-shubhasiz sizlar (ey insonlar), mana shundan (ya’ni yaralib,
hayotga kelganingizdan) keyin (ajallaringiz bitgach) albatta vafot
topguvchidirsizlar.
16. So‘ngra shak-shubhasiz sizlar qiyomat kunida qayta tirilursizlar.
17. (Qasamki) Biz sizlarning ustingizda yetti yo‘lni (ya’ni yetti qavat osmonni)
yaratdik. Biz O’z xalqimizdan g‘ofil bo‘lmadik.
I z o h.
Mufassirlar aytishicha, bu oyatda yetti qavat osmonning “etti yo‘l” deb atalishini
shunday tushunmoq mumkin: Alloh taolo insonni va barcha maxluqotni yaratganidan
so‘ng Ularning holidan g‘ofil bo‘lib qolgani yo‘q, balki ularga rizqu ro‘z yog‘ilib turishi
uchun ustlarida yetti yo‘l-etti osmonni paydo qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |