45. Zotan qanchadan-qancha zolim-kofir bo‘lgan hollarida Biz halok qilgan, bas
tomlari (yiqilib) huvillab qolgan qishloq-shaharlar, (qancha) tashlandiq
quduqlar va yuksak (lekin kimsasiz) qasrlar bordir.
46. Axir ular (ya’ni Makka mushriklari) yer yuzida sayr qilib-aylanmaydilarmi,
(ana o‘shanda) ular uchun dono dillar, tinglaydigan quloqlar bo‘lur edi. Zero,
ko‘zlar ko‘r bo‘lmas, balki ko‘kraklaridagi ko‘ngillar ko‘r bo‘lur.
47. Ular sizdan (istehzo bilan Alloh va’da etgan) naqd azobni talab qiladilar.
Holbuki Alloh O’z va’dasiga hargiz xilof qilmas. Darvoqe’, Parvardigoringiz
nazdidagi bir kun(lik azob) sizlarning hisob-kitobingizdagi ming yilga
barobardir.
48. Qanchadan-qancha zolim-kofir bo‘lgan hollarida Men (halok qilmay) muxlat
Do'stlaringiz bilan baham: |