70. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo‘ldilar (ya’ni uni yondirib yubormoqchi
bo‘ldilar). Biz esa ularning o‘zlarini ko‘proq ziyon ko‘rguvchi qilib qo‘ydik.
71. Va unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun
muborak qilgan (Shom) zaminiga (yubordik).
72. Biz (Ibrohimga Bizdan bir farzand so‘raganida) Ishoqni hadya etdik va
Ya’qubni ham ziyoda qildik hamda (ularning) barchalarini solih kishilar qildik.
73. Yana ularni Bizning amrimiz bilan (kishilarni Haq yo‘lga) hidoyat etadigan
peshvolar kildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to‘kis ado etishni va
zakotni (mustahiq kishilarga) ato etishni vahiy qildik. Ular yolg‘iz Bizgagina
ibodat qilguvchi bo‘ldilar.
74. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |