1. To, Ha.
2. (Ey Muhammad), Biz sizga bu Qur’onni qiynalib jafo chekishingiz uchun
emas,
3. Balki (Allohdan) qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat bo‘lsin uchun nozil
qildik.
4. (U) yerni va yuksak osmonlarni yaratgan zot tomonidan nozil qilingandir.
5. (U zot) O’z arshini egallagan Rahmondir.
6. Osmonlardagi, yerdagi va ularning orasidagi hamda tuproq ostidagi bor
narsa Uningdir.
7. Agar siz oshkora gapirsangiz ham, (va yoki) xufyona gapirsangiz ham, U
zotga barobardir. Zero U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.
8. Allohdan o‘zga (hech qanday) Tangri yo‘q. Faqat Uning O’zi bordir. Uning
Do'stlaringiz bilan baham: |