men faqat elchi-payg‘ambar bo‘lgan bir odam edim-ku!»
94. Odamlarga hidoyat kelgan paytida, faqat: «Alloh farishtalarni emas, balki)
odamzodni payg‘ambar qilib yuboribdimi?!» degan so‘zlarigina ularni iymon
keltirishlaridan to‘sdi.
95. Ayting: «Agar bu — Yerda (odamlar emas, balki) farishtalar maskan tutib
yurganlarida edi, albatta Biz, (ya’ni, Alloh) ularga osmondan farishta
payg‘ambarni tushirgan bo‘lur edik».
96. Ayting: «Men bilan sizlarning o‘rtamizda Allohning O’zi yetarli guvohdir.
Albatta, U bandalaridan ogoh va (ularni) ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir».
97. Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, o‘sha hidoyat topguchidir. U zot kimni
yo‘ldan ozdirsa, bas, ular uchun Undan o‘zga do‘st madadkorlarni topa
Do'stlaringiz bilan baham: |