uchun) hovli-joylar oralab kezdilar. (Bu va’da) ado qilinguvchi va’da bo‘ldi.
I z o h .
Mufassirlar aytishlaricha, Bani Isroil qavmi haromni halol deb, nohaq qon to‘kib
buzg‘unchilik yo‘liga kirganlarida, Tangri taolo ularning ustiga Bobil hukmdorini g‘olib
qilib qo‘yadi. U o‘z lashkari bilan kelib, Bani Isroildan yetmish ming nafarini qilichdan
o‘tkazadi. Uy-joylarini vayronaga aylantiradi. Bu Tangri taolo va’da qilgan jazo edi.
6. So‘ngra (tavba-tazarru qilib o‘zlaringizni o‘nglaganingizdan keyin) Biz
sizlarni qaytadan ularning (Bobil hukmdorining) ustiga g‘olib qildik va sizlarga
mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berib son-sanoqlaringizni ko‘paytirdik.
7. Agar (shundan keyin) chiroyli amallar qilsangizlar - o‘zlaringizga yaxshilik
Do'stlaringiz bilan baham: |