uchun hamda kofir bo‘lgan kimsalar o‘zlarining yolg‘onchi ekanliklarini
bilishlari uchun ham (albatta Alloh barcha xaloyiqni qayta tiriltirur).
40. Biz biron narsani iroda qilsak, unga aytadigan so‘zimiz «Bo‘l», demoqlikdir.
Bas, o‘sha narsa bo‘lur.
41. Zulmu qiynoqlarga duchor bo‘lganlaridan so‘ng, Alloh yo‘lida hijrat qilgan
zotlarni albatta bu dunyoda ham go‘zal (go‘shalarga) joylashtirurmiz. Endi
oxirat ajri — mukofoti yanada kattaroq ekanini (odamlar) bilsalar edi!
42. Ular (mushriklar yetkazgan ozor-aziyatlarga) sabr-toqat qilgan va yolg‘iz
Parvardigorgagina suyangan zotlardir.
43. (Ey Muhammad), Biz sizdan (ya’ni, sizni payg‘ambar qilib yuborishimizdan)
ilgari ham (farishtalarni emas, balki) faqat (siz kabi kishilarni — insonlarnigina
Do'stlaringiz bilan baham: |