azobiga duchor bo‘lganlar) o‘tgandir. Albatta, Parvardigoringiz odamlar
o‘zlariga zulm qilguvchi bo‘lgan hollarida ham mag‘firat egasidir. Albatta,
Parvardigoringiz azobi qattiq zotdir.
I z o h.
Bu oyat — Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomni masxaralab: «Agar
haq payg‘ambar bo‘lsang, Tangringga bir duo qil, bizga azob yuborsin» deganlarida nozil
bo‘lgandir. Unda odamlar har qancha zulmu nohaqlikka berilsalar ham, Parvardigor
ularni mag‘firat qilib, ya’ni azobga giriftor qilmay turishi mumkinligi, lekin azoblaganida,
azobi qattiq bo‘lishi haqida va bu mushriklarga o‘xshaganlar ilgari ham o‘tganligi va
qilmishlariga yarasha jazo olganligi to‘g‘risida bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |