ilonlarga aylanib qolganida) Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir.
Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg‘unchi kimsalarning ishini
o‘nglamaydi.
82. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (ya’ni amru
farmonlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur».
83. Shunda Muso qavmidan faqat bir toifa odam Fir’avn va uning odamlarining
fitna-fasodlaridan qo‘rqqan holda iymon keltirdilar. Chunki Fir’avn u yerda
g‘olib (edi) va u, shubhasiz, haddan oshuvchi kimsalardandir.
84. Muso u (iymon keltirgan kishilarga) dedi: «Ey qavmim, agar Allohga iymon
keltirar ekansizlar, demak, musulmon bo‘lsangizlar, Uning o‘zigagina
suyaninglar — tavakkul qilinglar!»
85. Bas, ular aytdilar: «Allohning o‘ziga tavakkul qildik. Parvardigoro, bizlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |