kar kimsalarga eshittira olurmisiz?!
43. Ularning orasida sizga qarab turadiganlari ham bor (ammo ko‘r odamdek,
sizdagi payg‘ambarlik belgilarini ko‘rmaydilar). Axir, siz, agar o‘zlari
ko‘rmasalar, ko‘r kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?!
44. Shubhasiz, Alloh insonlarga biron zulm-adolatsizlik qilmas. Balki, insonlar
(Yaratganga iymon keltirmasliklari bilan) o‘zlariga o‘zlari zulm qilurlar.
45. (Alloh) ularni (ya’ni, mushriklarni hisob-kitob uchun) to‘playdigan kunda
ular (bu dunyoda) go‘yoki kunduz kuni bir soatgina turgandek (yashagandek)
bir-birlarini tanirlar. Allohga ro‘baro‘ bo‘lishni yolg‘on degan kimsalar
muhaqqaq ziyon qildilar va haq yo‘lga yurguvchi bo‘lmadilar.
46. Agar ularga va’da qilayotganimiz azobni sizga ko‘rsatsak ham (ya’ni, hayot
paytingizda ularning kofir bo‘lganlari oqibatida tortadigan azoblarini ko‘rsangiz
Do'stlaringiz bilan baham: |