66. Uzr aytmanglar! Sizlar iymon keltirganingizdan so‘ng yana kufrga
qaytdingiz. Agar sizlardan bir toifani (chin ixlos bilan tavba qilganlari uchun)
afv qilsak, boshqa bir toifani jinoyatchi bo‘lganliklari sababli azoblaymiz.
67. Munofiq erkaklar va munofih ayollar bir-birlaridandirlar (ya’ni, kofirlikda
bir-birlariga o‘xshaydilar). Ular yomonlikka buyuradilar, yaxshilikdan
to‘xtatadilar va (Alloh yo‘lida infoq-ehson qilishdan) qo‘llarini (o‘zlarini)
tiyadilar. Ular Allohni unutishgach, Alloh ham ularni unutdi. Albatta, munofiqlar
haqiqiy fosiq-itoatsizdirlar.
68. Alloh munofiq va munofiqalarga hamda kofirlarga ular abadiy qoladigan
jahannam otashini va’da qildiki, o‘sha ular uchun yetarlidir. Alloh ularni
la’natladi. Ular uchun doimiy azob bordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |