37. Shak-shubhasiz (harom oylarni) ketga surish ortiq darajadagi kofirlikdirki,
u sababli kofirlar butunlay yo‘ldan toyilurlar. Ular Alloh harom qilgan oylarning
sanog‘ini (to‘rt oyga) to‘g‘rilab, Alloh harom qilgan narsani halol qilib olish
uchun uni (ya’ni, urush harom qilingan oylarni) bir yil halol desalar, yana bir yil
harom deydilar. Ularga bu xunuk ishlari chiroyli (ma’qul) ko‘rindi. (Chunki)
Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas.
38. Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar,
deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat
(ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?!
Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!
39. Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar
Do'stlaringiz bilan baham: |