1. (Ey mo‘minlar, ushbu) Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan sizlar (o‘zaro
urushmaslik haqida) ahd-paymon qilgan mushrik kimsalarga ora ochiqlik
(e’lonidir).
2. (Ey mushriklar, urush harom qilingan) to‘rt oy ichida yerda sayru sayohat
qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassizlar —
albatta Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir.
I z o h .
Yuqoridagi oyatlarda payg‘ambar alayhis-salom va sahobalarning mushriklar
bilan tuzgan har qanday shartnomalari o‘sha mushriklarning xiyonatkorligi sababli bekor
qilingani e’lon etildi va bu qaror oradan to‘rt oy o‘tgach, kuchga kirishi bildirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |