32. Ularning: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) Sening dargohingdan kelgan
haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin yoki bizlarga alamli azob
keltirgin», deganlarini eslang!
I z o h.
Ya’ni: «Agar mana shu Qur’on haqiqatan Sening huzuringdan kelgan bo‘lsa,
bizlarni Ham uning yo‘liga hidoyat qilgin», demasdan: «Shu haq bo‘ladigan bo‘lsa,
ustimizdan tosh yog‘dirgin», deyishlaridan ularning kim ekanliklari ma’lumdir.
33. Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va
ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir!
34. (Lekin agar) ular (iymonga kelmasdan kishilarni) Masjid-al-Haromdan
to‘sar ekanlar, Alloh ularni nega azoblamasin?! (Ya’ni, Siz va mo‘minlar
Makkadan chiqib ketganingizdan so‘ng ularni albatta azobga giriftor qilur). Ular
Do'stlaringiz bilan baham: |