jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!
17. Bas, (ey musulmonlar), ularni sizlar o‘ldirmadingiz, balki Alloh o‘ldirdi. (Ey
Muhammad, ularning yuziga qo‘lingizdagi bir siqim tuproqni) otgan
paytingizda, siz otmadingiz, balki Alloh otdi, va (bu g‘alabani Alloh) O’z
tomonidan mo‘minlarga chiroyli in’om bo‘lsin, deb qildi. Albatta Alloh
eshitguvchi, bilguvchidir.
I z o h .
Rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom Badr jangida qo‘llariga bir siqim
tuproq olib: «Yuzlari qaro bo‘lgay!» — deb dushman tarafga otganlarida, ko‘ziga g‘ubor
kirmagan biror mushrik qolmagan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |