deysizlar?»
111-112. Ular dedilar: «Uni va akasi (Horun)ni qo‘yib turgin-da, hamma
shaharlarga (sehrgarlarni) yig‘ib keladigan kishilarni yuborgin, ular senga jami
o‘tkir sehrgarlarni keltirsinlar».
113. (Shundan keyin) sehrgarlar Fir’avn oldiga kelishib: «Agar biz g‘olib
bo‘lsak, albatta (katta) mukofot (berursan)», deyishdi.
114. U: «Ha, (agar g‘olib bo‘lsangizlar), albatta sizlar mening yaqinlarimdan
bo‘lursizlar», dedi.
115. Ular aytdilar: «Ey Muso, yo sen (qo‘lingdagi asoni) tashla, yoki biz
(o‘zimizning qo‘limizdagi narsalarimizni) tashlaymiz».
116. U (Muso): «Sizlar tashlanglar», dedi. Bas, ular tashlaganlarida, odamlarni
ko‘zlarini bo‘yab dahshatga solib qo‘ydilar va zo‘r sehr ko‘rsatdilar.
I z o h .
Hikoya qilishlaricha, shahar chetidagi bir vodiyga to‘plangan xaloyiq oldida
minglab sehrgarlar qo‘llaridagi tayoqcha va iplarini tashlaganlarida butun vodiy ustma-
ust mingashib-qalashib yotgan ilonlarga to‘lib ketgan ekan. Odamlar bu holdan
dahshatga tushib qoladilar, hatto Muso payg‘ambarni ham xavotir egallab oladi
shunda...
Do'stlaringiz bilan baham: |