Qur’oni karim.
Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
114
(so‘yishda) Allohniig nomini zikr qilmaydilar, (balki butlarning nomini aytadilar
va mana shu qilmishlarini Alloh amri deb) U zotga tuhmat qiladilar. Yaqinda bu
tuhmatlari sababli ularga O’zi jazo berajak.
139. Ular: «Mana bu hayvonlarning qorinlaridagi narsalar faqat erkaklarimiz
uchundir, xotinlarimizga esa haromdir», dedilar. Agar u narsa (ya’ni homila)
o‘lik bo‘lsa, u holda hammalari sherikdirlar (ya’ni erkak-xotin hammalari
yeyishaveradi). Yaqinda bunday (o‘zlaricha halol-harom deb) sifatlaganlari
uchun ularga O’zi jazo berajak. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.
140. O’z bolalarini aqlsizlik qilib johillik bilan o‘ldirgan va Allohga tuhmat qilib
Do'stlaringiz bilan baham: