16. Sizlardan ikki erkak shunday qilsa (ya’ni bachchavozlik yoki fohishabozlik
qilsa) ularni urib-so‘kish bilan ta’zirlarini beringiz. Agar tavba qilib, o‘zlarini
tuzatsalar, ularni tinch qo‘yinglar. Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va
mehribon bo‘lgan zotdir.
17. Albatta Allohning tavbalarni qabul qilishi faqat bironta gunohni nodonlik
bilan qilib qo‘yib, so‘ngra darhol tavba qilgan kishilar uchundir. Alloh ana
shunday kishilarning tavbasini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan
zotdir.
18. Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida
«endi tavba qildim» deydigan va na kofir holda o‘lib ketadigan kimsalarning
tavbalari qabul qilinmas. Ular uchun alamli azobni tayyorlab qo‘yganmiz.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
Do'stlaringiz bilan baham: |